Kleopatraning hayoti va murakkab taqdiri haqida köplab kitoblar yozilgan, bir neça önlab filmlar suratga olingan. Ammo Misrning sönggi qiroliçasi haqidagi hujjatli asarlarning aksariyati Kleopatraning fojiaviy ravişda öz joniga qasd qilişi bilan tamomlanadi va uning bolalari borasida deyarli heç bir söz yuritilmagan. Köpçilik, qiroliçadan 4 merosxör — uç öğil va bir qiz qolganini bilmasa kerak. Onasining ölimidan söng ularning hayoti qanday keçgani haqida ma'lumotlar berişga harakat qilamiz.
1. Ptolemey XV
Vaholanki öşa davrdagi Rimning rasmiy hujjatlari va hatto Tsezarning şaxsiy vasiyatnomasida ham bu haqida bir oğiz söz aytilmagan bölsada, uning otasi Gay Yuliy Tsezar edi. Zamondoşlar taxtning yoş vorisi va Buyuk Rim qömondoni taşqi körinişlarida öxşaşliklarni payqaşgan, Tsezar öz döstlari davrasida uni öz öğli deb tan olganini ba'zilar tasdiqlagan.
Tarixçilar şunga aloqador bölgan uning tuğilgan sanasi borasida ham bahslaşişadi: ayrimlar eramizdan avvalgi 47-yilni nazarda tutişadi, boşqalar esa voris 44-yilda, Tsezarning ölimidan söng tuğilgan degan fikrni ilgari suradi. Rimdagi navbatdagi davlat töntarişi va Tsezarning ölimidan söng Kleopatra öğli bilan Misrga qaytganidan bir munça vaqt ötib Ptolemey XV Misr taxtining merosxöri deb e'lon qilinadi. Ibodatxonalarda Kleopatra uning regenti sifatida tasvirlangan bareleflarni uçratiş mumkin.

Ammo unga Misrning tölaqonli hukmdori böliş nasib etmagan. Tez orada taxt qöldan ketişini his qilgan Kleopatra tönğiç farzandini himoya qiliş uçun uni Aleksandriyadan uzoqqa yuboradi va öğli mamlakat çegarasidan öta olib, fitnalar tingunça omon qolişiga umid qiladi. Biroq qoçiş rejasi amalga oşmaydi. Yoş yigitçani ham Misr, ham Rim taxtining talabgori, demakki özining raqibi sifatida körgan Oktavian Avgust qölga tuşirib qatl qildiradi.

Rim imperatori Kleopatraning faqatgina tönğiç öğlini ta'qib qilgani va boşqa bolalariga tegmagani ham uning otasi Gay Yuliy Tsezar bölganini tasdiqlaydi.
2. Aleksandr Gelios
Kleopatraning ikkinçi öğli özining egizak singlisi bilan birgalikda eramizdan avvalgi 40-yilda dunyo yuzini köradi. Uning otasi Kleopatra bilan nikoh tuzgan Rim sarkardasi va konsul Mark Antoniy edi. Onasining ölimi paytida u 10 yoşga ham tölmagandi. Aleksandriya bosib olingandan söng Oktavian Avgust uni ham asirga oladi va Rimdagi triumf vaqtida asosiy ölja sifatida namoyiş etiladi.














