Ba’zi yillar köz oçib yumgunça ötib ketadi, boşqalari esa ança uzoq davom etadi. Ammo ba’zilari, kabisa yillari kabi, odatdagidan bir oz köproq davom etişi mumkin. Gap miloddan avvalgi 46 yil haqida ketmoqda, u 445 kun davom etgan, bu biz örganib qolganimizdan 80 kun köproq.
Xöş, nega bu yil şunçalik uzoq davom etdi? Yil - bu Yerning Quyoş atrofida bir marta aylanişi va boşlanğiç nuqtasiga qaytişi uçun zarur bölgan vaqt. Aynan uni yangi yil boşlanişi sifatida belgilab olganmiz.
Taqvim — qulaylik uçun yilni qismlarga (oylar, haftalar, kunlar) bölişga urinişdir. «Toğning soyasi tepalikka yetib borsa, nonuşta qilamiz» emas, «3 mart kuni soat 12:00 da uçraşamiz», deb aytiş qulayroq.
Garçi biz orbital yilni taqvim yilga köproq moslaştirib olgan va hatto sinxronlaştiriş uçun «koordinatsiya sekundlarini» qöşgan bölsak ham, eski taqvimlar unçalik samarali emas edi.
Yuliy Tsezar tomonidan Yulian taqvimi joriy etilişidan oldin, Rim yili juda boşqaça körinişga ega bölib, har biri 31 kundan iborat tört oyni (mart, iyul, oktyabr va may), 29 kundan iborat 7 oyni va 28 kunlik fevralni öz içiga olgan (umumiy hisobda 355 kun). Natijada, taqvim tezda Yerning Quyoş atrofida aylaniş davridan ortda qola boşladi va miloddan avvalgi 200 yilga kelib, şu qadar uyğun bölmay qoldiki, 14 mart kuni sodir bölgan Quyoş tutilişi 11 iyulda sodir bölgan deb qayd etildi.
Bunday siljişning örnini qoplaş uçun har bir neça yilda «Mersedonius» deb nomlangan qöşimça oy qöşilardi. Bu taqvimni saqlaşning eng yaxşi usuli emas edi. «Mersedonius» taqvimni yilga moslaştiriş uçun işlatilgan bölsa-da, siyosiy suiiste’mollarga oçiq edi. Ya’ni, ba’zan undan siyosiy maqsadlarda, masalan, kimningdir vakolat muddatini uzaytiriş uçun foydalanildi.
Keyinçalik, Yuliy Tsezar eramizdan avvalgi 45 yilda Yulian taqvimini kiritib, vaziyatni töğirlaşga harakat qildi. Miloddan avvalgi barça qisqa oylarning oxiriga bir yoki ikki kun qöşilib (noodatiy fevraldan taşqari) yildagi kunlarning umumiy soni kengayib bordi - 365.
Lekin yangi taqvim vaziyatni töğriladi, ammo hal qilinişi kerak bölgan yana bir muammo bor edi: yil fasllarga töğri kelmasdi. Buni bartaraf etiş uçun Tsezar miloddan avvalgi 46 yilga bir neça oy qöşdi. Natijada u 15 ta oydan, 445 kundan iborat böldi. Bu tarixdagi eng uzun yildir.











