Delta Airlines aviakompaniyasi va Amerika Banki Public Theater notijoriy taşkilotini moliyalaştiriş töxtatilganini ma'lum qilişdi. Bunga sabab – “Yuliy Tsezar” spektakli boş qahramonining AQŞ prezidenti Donald Trampga öxşab ketişida. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

23 may kuni Nyu-Yorkda premerasi bölib ötgan Public Theater’ning spektakli Uilyam Şekspirning “Yuliy Tsezar” fojiasi zamonaviy talqini hisoblanadi. Unda boş qahramon sariq soçli bölib, işbilarmonlar kostyumini kiyib yuradi hamda Amerika bayroği tasvirlangan maxsus nişonni taqib oladi. Tsezarning rafiqasi – Kalpurniya esa slavyança talaffuz bilan gapiradi va dizaynerlar yaratgan libosni kiyişni xuş köradi (Donald Trampning rafiqasi, Melanya Tramp asli Sloveniyadan).

Aviakompaniya vakillari fikriça, “teatr rahbariyatining badiiy töqimalari çegaradan çiqib ketgan”. Amerika Banki vakili esa spektaklni moliyalaştiriş töxtatilgani haqida qisqa bayonot bilan çiqdi.