Buyuk Britaniya poytaxti London şahrida para-suziş böyiça navbatdagi jahon çempionati bölib ötmoqda.
Bugun, 15 sentabr kuni ayollar örtasida 100 metrga batterflyay usulida suziş bahslari bölib ötdi. Özbekiston jamoasi vakili Şohsanam Toşpölatova finişga birinçi bölib yetib keldi va terma jamoa hisobiga uşbu jahon çempionatidagi ilk oltin medalni olib berdi.
Şohsanam 1 daqiqayu 3,89 soniya natija bilan yangi Osiyo rekordini örnatdi.
Şohsanam Toşpölatova bungaça 100 metrga erkin usulda suziş böyiça bronza medaliga sazovor bölgan edi.
Ayollar. 100 metrga batterflyay usulida suziş:
1. Şohsanam Toşpölatova (Özbekiston) – 1:03.89;
2. Karlotta Gilli (Italiya) – 1:03,95;
3. Rebekka Meyyers (AQŞ) – 1:04,41.
Bugun erkaklar örtasida ham 100 metrga batterflyay usulida suziş bahslari bölib ötdi. Özbekistonlik sportçi Islom Aslanov finişga ikkinçi bölib yetib keldi va kumuş medalni qölga kiritdi.

Bu Islom Aslanovning uşbu musobaqadagi ikkinçi kumuş medali böldi. U bundan avval 100 metrga erkin usulda suziş böyiça ham ikkinçi öringa sazovor bölgan edi.
Erkaklar. 100 metrga batterflyay usulida suziş:
1. Ixar Boki (Belarus) – 53.95;
2. Islom Aslanov (Özbekiston) – 55.99;
3. Oleksiy Virçenko (Ukraina) – 57.38.
Ma'lumot uçun, 60dan ortiq mamlakatdan 600ga yaqin sportçi iştirok etayotgan uşbu turnirda hozirça Özbekiston terma jamoasi 6ta medal bilan umumjamoa hisobida 20-örinni egallab turibdi.
Özbekiston terma jamoasi şarafini 7 nafar sportçi himoya qilmoqda.
Şohsanam Toşpölatova – 1 ta oltin, 1 ta bronza;
Islom Aslanov – 2ta kumuş;
Firdavs Musabekov – 1ta kumuş
Nigora Mirzohidova – 1ta bronza








