Dastlab para-yengil atletikaning erkaklar örtasida F41 klassida yadro uloqtiriş bahslarida Özbekiston şarafini himoya qilgan Boburjon Omonov 14,06 metr natija qayd etgan holda çempionlikka erişib, Özbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.

U bu natija bilan paralimpiya rekordini yangiladi. Bu borada jahon rekordi ham Omonovga tegişli. U BAAda bölib ötgan jahon çempionatida 14.31 metr natija bilan dunyo rekordini örnatgandi.

Para-yengil atletika böyiça F55 klassida yadro uloqtiriş böyiça keçgan bahsda Nurxon Qurbonova 7,77 metr natija qayd etib, bronza medaliga ega böldi.

Para-suzuvçi Şohsanam Toşpölatova ham Paralimpiya öyinlarida bronza medalini qölga kiritdi.

Toşpölatova 200 metr masofaga keçgan kompleks suziş dasturida uçinçi örinni egalladi. U finalda masofani 2:27.92 daqiqada suzib ötişga muvaffaq böldi.

Şohsanam Toşpölatova mazkur Paralimpiya öyinlarida bungaça 3ta yönaliş finalida qatnaşib, ikki marta 4 va bir marta 5-poğonani egallagandi.

Ma'lumot uçun, Şohsanam Toşpölatova Rio Paralimpiadasidan 2ta bronza medali bilan qaytgandi.

Suziş bahslarida qatnaşgan Firdavs Musabekov (S13) va Nigoraxon Mirzohidova (S13), uzunlikka sakraşda qatnaşgan Doniyor Soliyev (T12) va Izzat Turğunov (T36) hamda para-pauerliftingçi Nuriddin Davlatov esa muvaffaqiyatsizlikka uçradi.

Şu tariqa, Özbekiston delegatsiyasining medallari soni 15 taga yetdi — 5 ta oltin, 4 ta kumuş va 6 ta bronza. Jamoa umumiy reytingda 13-örinda joylaşgan.