2019 yil 9-13 sentabr kunlari "ÖzRTXB" AJda ötkazilgan birja savdo natijalariga köra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi turli yönalişlar böyiça şakllanib bordi.
Körib çiqilayotgan davr mobaynida 3572,3 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qöyildi va sotildi. Sönggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini böyiça şakllangan birja kotirovkasi tovarning bir tonnasi uçun 6451,2 ming sömni, uning boşlanğiç narxi esa – 6266,3 ming sömni taşkil etdi. AI-91 rusumli benzinning haftalik kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan jami 0,7 %ga ösdi.
Ötgan haftada suyultirilgan gaz işlab çiqaruvçilari birja savdolari orqali 20,5 mlrd sömlik 5019,0 tonna suyultirilgan gaz sotişdi. Gazning birjada şakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 3,5 %ga pasayib, bir tonna uçun 4084,3 ming sömni taşkil etdi. Savdolarda xaridor sifatida suyultirilgan gazni sotiş huquqini beruvçi litsenziyaga ega korxonalar qatnaşişdi.
Qora metall bozorida talab ösib bormoqda. ST 12-35 GS armaturaning narxi 7,3 %ga kötarilib, bir tonnasi uçun 5779,3 ming sömni taşkil etdi. Birja orqali sotilgan barça turdagi qora metallning hajmi jami 6769,0 tonnani taşkil qilgan. Qora metall sotuvçilari “Özmetkombinat” AJ tarkibiga kiruvçi korxonalar hisoblanadi.
Ösiş dinamikasi şuningdek qimmatbaho metallar bozorida ham qayd etildi. Savdo yakunlariga köra ÖzRTXB da 135,9 mln sömlik 300 gr Au-1 markali oltin sotilgan. Birja savdolarida sotuvçi sifatida “Olmaliq KMK” AJ iştirok etdi. Birja kotirovkasi sönggi savdo yakunlariga nisbatan 14,6 %ga oşib, 1 gr oltin uçun 453,1 ming sömni taşkil qilgan.
Tsement bozori quriliş mavsumining yakuniy bosqiçida narxlar trendi pasayişini namoyon etmoqda. Ps M-400 D-20 sement böyiça narxlar avvalgi haftaga nisbatan 2,5 %ga pasayib, 479,6 ming sömni taşkil qildi. Faol sotilayotgan boşqa markali sementlarning narxlar diapazoni 376,6 - 485,0 ming sömni taşkil etmoqda.
Birjada paxta tolasi uçun yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. Ötgan hafta 1 nav 4 tip (örta klass)dagi paxta tolasi böyiça narxlar 1,9 %ga ösib, bir tonna uçun 13,1 mln sömni taşkil etdi. Paxta tolasini boşqa navlarining narxlari örtaça 10,9 mln sömdan 13,6 mln sömgaça böldi. Birja savdolarida asosan paxta tolasini qayta işlaş quvvatiga ega mahalliy töqimaçilik korxonalari iştirok etişdi.












