Özbekistonda joriy yilda 17 yoşgaça qizlar örtasida 50 ta erta tuğruq holati qayd etilgan. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Bundan taşqari, xabarda 6 mingdan ortiq yoş oilalar ajrimi qayd etilgani aytiladi. 

Bildirilişiça, yoşlarni tarbiyalaşda oilaning örni susayib borayotgani, yoş yigit-qizlar oila quriş, erta nikoh haqida umuman tuşunçaga ega emasligini bunga sababdir.

Yoşlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olişda asosiy omil – ularning samarali bandligini ta'minlaş borasida ham qator kamçiliklar mavjudligi ma'lum qilindi. 

“Yoşlarni munosib iş bilan ta'minlaş, jumladan, ular uçun barqaror hamda istiqbolli iş örinlarini yaratiş, yoşlarning mehnatga oid huquqlariga iş beruvçilar tomonidan rioya etilişi ustidan qat'iy nazoratni yölga qöyiş taqozo etiladi. Zotan, har yili mamlakat mehnat bozoriga ta'lim muassasalarini tamomlagan qariyb 450 ming yoş öğil-qiz kirib kelmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.