Prezident Şavkat Mirziyoyev erta nikoh uçun javobgarlikni kuçaytiruvçi qonun loyihasini tayyorlaş haqida topşiriq berdi. Bu haqda Boş prokuratura boşqarma boşliği Murodbek Mahmudov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Erta nikoh uçun javobgarlikni kuçaytirişga qaratilgan qonun loyihasini tayyorlaş haqida topşiriq berildi. Şu bilan birga, soğliqning buzilişiga sabab bölgan yengil şikast yetkaziş jinoyati uçun javobgarlikni qayta körib çiqiş haqida ham qonun loyihasini tayyorlaş topşirildi. Probatsiya hisobida turgan şaxslar ustidan nazoratni amalga oşirişda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qiliş çora-tadbirlari ham belgilandi», dedi Mahmudov.

Uning sözlariga köra, erta nikoh va erta tuğruqlarning oldini oliş çoralari keskin kuçaytiriş maqsadida Boş prokuratura va Adliya vazirligi tizimlari integratsiya qilingan va erta tuğruqlarni yaşiriş holatlariga çek qöyilgan. Ularni darhol aniqlaş va tegişli çora-tadbirlarni belgilaş imkoniyati kengaytirilgan.

Özbekiston Oila kodeksiga köra, nikoh yoşi erkaklar va ayollar uçun kamida 18 yoş etib belgilangan. Uzrli sabablar bölganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tuğilişi, voyaga yetmagan şaxsning töla muomalaga layoqatli deb e’lon qilinişi (emansipatsiya), nikohga kirişni xohlovçilarning iltimosiga köra nikoh davlat röyxatidan ötkaziladigan joydagi tuman, şahar hokimi nikoh yoşini köpi bilan bir yilga kamaytirişi mumkin.

Avvalroq, Özbekiston bolalar, erta va majburiy nikoh muammosiga ega davlatlar qatoriga kiritilgan edi.