Özbekistonda voyaga yetmagan qizlar örtasidagi erta tuğruq holatlari tahlil qilinganda, 2017 yildan boşlab 11 yillik umumta'lim tizimiga ötilişi bilan erta tuğruq holatlarining soni pasayişi kuzatilgan, deb xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi.
Qayd etilişiça, 2016-2017 yillar davomida 15-17 yoşdagi qizlar örtasida jami 429 tuğruq holati qayd etilgan bölsa, 2018-2019 yillar davomida uşbu körsatkiç 34 foizga kamayib, 284 tani taşkil qilgan.
Erta tuğruq holatlari sodir etilişi körsatkiçining kamayişi holatini umumta'lim maktablarida tahsil olayotgan qizlar soni nisbatiga taqqoslaganda ham köriş mumkin ekani aytiladi.
Bunda:
2017 yilda Xalq ta'limi tizimida tahsil olayotgan har 12 995 nafar qizga 1 ta tuğruq (umumiy qizlar soniga nisbatan 0,0076 foiz);
2018 yilda tizimda tahsil olayotgan har 15 169 nafar qizga 1 ta tuğruq (umumiy qizlar soniga nisbatan 0,0066 foiz);
2019 yilda tizimda tahsil olayotgan har 23 666 nafar qizga 1 ta tuğruq töğri kelgan (umumiy qizlar soniga nisbatan 0,0042 foiz).
“11 yillik ta'lim tizimining qaytgani mazkur muammoning mamlakatimiz miqyosidagi asosiy yeçimi sifatida baholaş mumkin, sababi maktabni tark etgan öquvçi kollej yoki litseyga borganda özining axloqini bemalol, ijtimoiy nazoratsiz transformatsiya qilişi (özgartirişi), ösmir muayyan submadaniyatga osongina imitatsiya (taqlid) qilişi mumkin bölgan va bu jarayonda uni yangi ijtimoiy guruh şundayligiça qabul qilgan.
Bugungi kunda xalq ta'limi tizimida manfaatdor vazirlik va taşkilotlar bilan birgalikda voyaga yetmaganlar orasida erta tuğruq holatlarini oldini oliş maqsadida “Mustahkam oila”, “Ahil oila”, “Hayotga qöşil”, “Ijobiy fikrlaşni öqitiş” kabi tarğibot işlari olib borilmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.













