Tanzila Norboyeva boşçiligida videokonferensiya tizimi orqali ötkazilgan Oliy Majlisi Senati kengaşining majlisida erta turmuş va erta tuğruq holatlari hamda oilaviy ajralişlar bilan boğliq muammolarni bartaraf etiş çora-tadbirlari töğrisidagi masalalar körib çiqilgan.

«Sönggi yillarda 18 yoşga tölmagan qizlar orasida erta tuğruq holatlari ham kamayib, 2018 yilda bunday salbiy holatlar 1,5 mingdan ziyod bölgan, 2019 yilda esa bu körsatkiç 1,2 mingtani taşkil etgan. Joriy yilning birinçi çoragida 231 ta erta tuğruq holatlari qayd etilgan.

Olib borilayotgan işlarga qaramay, bu borada qator muammolar mavjudligiga urğu berildi. Tahlillarga köra, uşbu muammoga, avvalo, aholining huquqiy savodxonligi va tibbiy madaniyatining yetarli emasligi sabab bölmoqda.

Bundan taşqari, voyaga yetmagan qizlar, ayniqsa 13-14 yoşli qizlar orasida erta tuğruq holatlarining köpayib borayotgani taşvişli holdir», deyiladi parlament yuqori palatasi axborot xizmati xabarida.

Qayd etilişiça, erta homiladorlik va tuğruq holatlari kuzatilgan öquvçi qizlarning qariyb yarmi ota yoki onasiz oilalarda yaşayotganligi aniqlangan. Senat xabarida oiladagi yetişmovçilik, ota-onalarning işsizligi yoki kam daromad topişi ham qizlar tarbiyasiga salbiy ta'sir qilayotgani ta'kidlanadi.

«Erta va istalmagan tuğruq holatlari, yoşlarning oilaviy munosabatlarga tayyor emasligi, oiladagi ijtimoiy-ma'naviy beqarorlik kabi sabablar çaqaloqlar savdosi jinoyatini ham keltirib çiqarmoqda.

Bu kabi muammolarni bartaraf etiş maqsadida Senat Kengaşi qarori bilan erta turmuş va erta tuğruq holatlari hamda oilaviy ajralişlar bilan boğliq muammolarni bartaraf etiş böyiça 2020–2021 yillarga möljallangan kompleks çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Majlisda körib çiqilgan masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senati Kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi», deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 2019 yilning sentyabrigaça respublikada Özbekistonda 17 yoşgaça qizlar örtasida 50ta erta tuğruq holati qayd etilgani ma'lum qilingan edi.