Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chempionlar ligasi duranglar bilan boshlandi. «Inter» o‘z uyida «Slaviya»ni yuta olmadi, «Zenit» Fransiyada 1 ochko oldi
Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichi sensatsiya bilan boshlandi. F guruhida yetakchilik uchun kurash olib borishi aytilgan Antonio Konte boshqaruvidagi «Inter» klubi kutilmaganda o‘z uyida Praganing «Slaviya» jamoasi bilan hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Chempionlar Ligasining G guruhidan o‘rin olgan «Lion» va «Zenit» jamoalari o‘rtasidagi bahs ham durang bilan yakunlandi. O‘yinda hisobni «Zenit» hujumchisi Sardor Ozmun ochdi. Ammo ikkinchi bo‘lim boshida lionliklar yarimhimoyachisi Memfis Depay o‘ziga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.
YeChL, 1-tur
F guruhi
Inter – Slaviya 1:1
Gol: Barella (90+2) – Olayinka (63).
Inter: Xandanovich, Shkrinyar, de Vrey, D`Ambrozio, Asamoa, Sensi, Brozovich (Barella, 71), Galyardini, Kandreva (Lazaro, 49), Martines (Politano, 72), Lukaku.
Slaviya: Kolarj, Kudela, Tsoufal, Govorka, Borjil, Masopust (Yusuf, 79), Souchek, Stanchu, Traore (Zeleni, 60), Gushbauer, Olayinka (Provod, 85)
Ogohlantirishlar: Govorka (40), Asamoa (54), Martines (66), Politano (83), Souchek (90+1)
G guruhi
Lion – Zenit 1:1
Gollar: Depay (51, penalti) – Ozmun (41).
Lion: Antoni Lopesh, Marselo, Dyubua, Kone, Denayyer, Tiago Mendes, Ren-Adelaid (Tere, 85), Tuzar, Traore (Korne, 77), Depay, Dembele.
Zenit: Lunev, Karavayev (Shatov, 88), Osorio, Ivanovich, Jirkov (Kuzyayev, 64), Duglas Santos, Barrios, Rakitskiy, Ozmun (Ozdoyev, 47), Dzyuba, Driussi.
Ogohlantirishlar: Ozmun (38), Rakitskiy (61), Kuzyayev (70), Kone (71), Shatov (87).
Mavzuga oid
23:54 / 30.09.2025
Olmaotadagi «Qayrat» va «Real» tarixiy o‘yinida beshta gol urildi
13:23 / 27.09.2025
Madridda derbi, «Arsenal» va «Liverpul»da qiyin safar. Hafta o‘yinlari anonsi
11:46 / 13.04.2024
Germaniyada yangi chempion kutilmoqda, «Arsenal» revansh ilinjida, La Ligada ham muhim bahslar. Hafta o‘yinlari anonsi
23:14 / 14.07.2023