Bojxona xodimlari yurtimiz hududiga sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni noqonuniy olib ötişga bölgan urinişlarga öz vaqtida çek qöyişmoqda.
Xususan, Jizzax viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorlikda Foriş tumanining qöşni davlat bilan çegaradoş aylanma yölda tezkor tadbir ötkazişdi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tadbir davomida uşbu hududda qonunbuzar şaxslar tomonidan yurtimizga noqonuniy ravişda olib kirişga urinilgan xöjalik sumkalari xolislar iştirokida közdan keçirilib, sanoqdan ötkazilganda umumiy qiymati 933 350 000 sömlik, 65 391 dona “Minoxidil” gel, “Montalin” va “Samyun Wan” nomli biofaol qöşimçalar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.









