Xitoylik tadqiqotçilar insonni qölidagi vena tomirlari böyiça masofadan tanuvçi tizimni işlab çiqişdi. Tadqiqotçilarning fikriça, u kelgusida QR-kod va yuzdan tanuvçi tizim örnini egallaşi mumkin. Bu haqda Zhongguo Xinwenwang naşri xabar berdi. 

AirWave deb nomlangan texnologiya sun'iy ongga asoslangan. U yirik vena va kapillyar tomirlarning qöldagi joylaşuvini farqlaş imkonini beradi. Foydalanuvçi identifikatsiyadan ötiş uçun qölini kötarib tuşirişi kifoya qiladi.

Tizimni işlab çiqqan Melux kompaniyasi asosçisi Se Tsinluning ta'kidlaşiça, teri ostida joylaşgan asosiy vena va kapillyarlar har bir insonda öziga xosdir va yirik şahardagi yöllar tizimidan ham murakkabroq. Uning aytişiça, tizim bir qölni qolgan milliard qöllar içidan soniyaning uçdan bir qismidan qamroq vaqt içida aniqlay oladi.

Texnologiya Guandun viloyatining ba'zi kafelari va hukumat muassasasalarining jamoat hududlarida qöllanmoqda. Hozirda kompaniya Guançjou metrosi operatori bilan tizimni metroda qöllaş böyiça muzokaralar olib bormoqda.

Kompaniya rahbarining ta'kidlaşiça, bunday texnologiyalar istiqbolda naqd pullar, bank kartalari va QR-kodlar örnini egallaşi mumkin va moliya, jamoat transporti va jamoat xavfsizligi kabi sohalarda keng qöllanişi mumkin.