Poytaxtda huquqni muhofaza qiliş organlari kiberfiribgarlar guruhini qölga oldi.
«Özbekiston 24» telekanalining muxbirlariga köra, 17-19 yoşda bölgan şaxslar bank kartalaridan pullarni öğirlaşgan.
«Ular bankomatlar va kompyuter klublariga borib, u yerdan 1-1,5 million söm pul olişgan. Uning akasi bor edi va u pullarni öşa akasiga berardi», - dedi guvohlardan biri.
Ma'lum bölişiça, qöqonlik yoş yigit Rossiyadan olib kelingan turli xil sim-kartalar va Webmoney ilovasi orqali millionlab söm pullarni öğirlagan. Bunda unga qöşnilari yordam berişgan. Köpinça bolalarni davolaş uçun pul yiğgan odamlarning plastik kartalaridan pul ömarilgan.
Yaqinda kiberjinoyatçilar Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan uşlandi.
«Men bir paytlari Paynet tizimi bilan işlaganman. Bir kuni qöşnim kelib, Telegram’da odamlar xayriya uçun pul yiğadigan köplab kanallar borligini aytdi. U firibgarlar şu tarzda pul yiğişini ta'kidladi. Men unga işondim», - dedi qölga olingan şaxs.
Xususan, kiberjinoyatçilar Çilonzor tumanida yaşovçi fuqaroning 24 million söm pulini öğirlaşgan.
«Menga 65 ming söm ötkazib berişdi va köproq pul ötkazişni rejalaştirişgani uçun göşakni qöymasligimni söraşdi. Keyin men xabarnoma oldim va ular mendan maxsus kodni söraşdi. Men ularga barça raqamlarni berdim. Ikki daqiqadan söng barça pullar bank kartamdan yöqoldi», - dedi jabrlanuvçilardan biri.
Qölga olinganlarga nisbatan tegişli çoralar körilmoqda, jinoiy iş qözğatildi.












