Bugun, 19 sentabr kuni Xalq deputatlari Boysun tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Sessiyada viloyat hokimi Töra Bobolov, tuman Kengaşi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va taşkilotlari rahbarlari, şuningdek, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisi Şerzod Kudbiyev iştirok etdi.

Asqarali Jörayev

Sessiyada taşkiliy masala körildi. Törayev Öktam Ismoiloviç boşqa işga ötganligi munosabati bilan Boysun tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. Şu kungaça Sariosiyo tumani hokimi lavozimida işlab kelgan Jörayev Asqarali Çoriyeviç Boysun tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Ma'lumot örnida, Jörayev Asqarali Çoriyeviç 1972 yilning 17 martida Denov tumanida tuğilgan. 1994 yilda Namangan sanoat-texnologiya instituti, 2002 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

2016 yilda Sariosiyo tumani hokimi etib tayinlangunga qadar, Surxondaryo viloyati içki işlar boşqarmasi hamda viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.