16 sentabr kuni Toşkent şahar Yakkasaroy tumani IIO FMBga jamoaviy ariza kelib tuşdi. Bu haqda IIBB xabar bermoqda.

Jami 52 kişidan taşkil topgan va respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvçi arizaçilar ma'lum qilişiça, ular Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2018 yil noyabr oyida taqdim etilgan tegişli litsenziyaga ega bölgan “Human” bandlik agentligi” MÇJ bilan 2018 yilning noyabr oyidan 2019 yilning sentabr oyigaça şartnomalar tuzişgan. 

Şartnomalarga köra, MÇJ ularni Yevropa davlatlarida, xususan, Germaniya, Çexiya, Yaponiya, Turkiya, Bolgariya va Litvada işga joylaştiriş majburiyatini öz zimmasiga olgan. Buning uçun har bir arizaçi MÇJning hisob raqamiga 18 dan 35 million sömgaça bölgan miqdordagi mablağni köçirgan. Şu tarzda “Human” bandlik agentligi” MÇJning hisob raqamiga 52 nafar arizaçilardan umumiy miqdorda 1 670 500 000 söm kelib tuşgan.

Biroq, arizaçilardan heç biri çet elda işga joylaştirilmagan. MÇJ jabrlanuvçilarga pullarni qaytarib bermaganligi haqida Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi özining rasmiy saytida xabar bergandi.

Qayd etilişiça, tergovoldi harakatlari Yakkasaroy tumani IIO FMB va prokuraturasi tomonidan hamkorlikda olib borilgan. Natijada Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismi “a” bandi (“Firibgarlik, juda köp miqdorda”) böyiça jinoiy iş qözğatildi. Hozirgi vaqtda ayblanuvçi sifatida uşbu MÇJ direktori 29 yoşli Ş.F. jalb qilindi.

Yuqoridagi arizaçilardan taşqari, hozirgi vaqtda respublikaning boşqa viloyatlaridan ham arizaçilar murojaat qilişmoqda, deyiladi xabarda.

“Agarda siz ham uşbu agentlik harakatlaridan jabr körgan bölsangiz yoki uşbu iş böyiça ma'lumotga ega bölsangiz, 71-230-98-40 raqami orqali murojaat qiling”, - deya yakunlangan IIBB ma'lumoti.

Mehnat vazirligi «Human» xususiy bandlik agentligiga berilgan litsenziyani vaqtinçalik töxtatdi