19 sentabr kuni Xalq deputatlari Qumqörğon tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Unda viloyat hokimi Töra Bobolov, tuman Kengaşi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va taşkilotlari rahbarlari, şuningdek, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisi Şerzod Qudbiyev iştirok etdi.
Sessiyada taşkiliy masala körildi. Normömin Omonoviç Çoriyev boşqa işga ötganligi munosabati bilan Qumqörğon tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi.

Şu kungaça viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Rahmatullo Boboxonoviç Gapparov Qumqörğon tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Ma'lumot örnida, Rahmatullo Boboxonoviç Gapparov 1984 yilning 24 mayida Qumqörğon tumanida tuğilgan. 2005 yilda Toşkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan.
2018 yilda Surxondaryo viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari etib tayinlangunga qadar, viloyat qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.












