Toşkentning Sergeli tumanida innovatsion tipdagi ikkita maktabgaça ta'lim taşkiloti oçildi.

Qumariq mavzesi va 5A dahasida mazkur boğçalarning qurilişi orqali tumanning maktabgaça ta'lim bilan qamrab oliş potensiali 83 foizdan 89 foizga yetdi. Şuningdek, 100 kişi uçun qöşimça iş örni yaratildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.


«Sönggi yillarda Sergeli tumanining rivojlanişi va yangi qurilayotgan uylarga aholining köçib kirişi natijasida ta'lim muassasalariga ehtiyoj ortib bormoqda.
Biryöla 2ta MTTning oçilişi esa yana 600 nafar bola sifatli maktabgaça ta'lim oliş imkoniyatiga ega bölişini anglatadi. Şuningdek, qisqa muddatli guruhlar ham oçilib, ularda 240 nafar bola qamrab olinadi», deya ma'lumot berdi Maktabgaça ta'lim vaziri Agrippina Şin 19 sentabr kuni bölib ötgan oçiliş marosimida.

Vazirning aytişiça, uşbu innovatsion MTTlar Koreya Respublikasi modeli negizida Maktabgaça ta'lim vazirligi boş boşqarmasi boşliği Şahnoza Mirziyoyeva muallifligida loyihalaştirilgan bölib, bolalarning yaxşi ta'lim olişi uçun barça imkoniyatni berişga qodir.




«Şarq mentalitetida ota-ona televizor yoki maşina sotib olmasligi mumkin. Lekin bolalarining – kiçik fuqarolarning baxtli bölişi uçun hamma narsaga tayyor böladi», deydi Agrippina Şin.







































