20 sentyabrda Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Sessiyada viloyat hokimi Töra Bobolov, tuman Kengaşi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va taşkilotlari rahbarlari, şuningdek, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisi Şerzod Qudbiyev iştirok etgan.
Sessiyada taşkiliy masala körilib, Asqarali Çoriyeviç Jörayev Boysun tumani hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan şu kungaça Boysun tumani hokimi lavozimida işlab kelgan Öktam Ismoiloviç Törayev Sariosiyo tumani hokimi etib tasdiqlangan.
Ma'lumot örnida: Öktam Törayev 1979 yilning 25 oktyabrida Muzrabot tumanida tuğilgan. 2000 yilda Termiz davlat universiteti, 2002 yilda Toşkent avtomobil-yöllar instituti, 2011 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan.
U 2017 yilda Boysun tumani hokimi etib tayinlangunga qadar Muzrabot tumani hokimining birinçi örinbosari lavozimida işlagan.









