20 sentabr kuni poytaxtimizdagi «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Adliya vazirligi tomonidan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida «Qonunchilikdagi yangiliklar» matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori to‘g‘risida ham soha vakillari tomonidan ma'lumot berildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig‘i Temur Mashanpin jurnalistlarning mazkur tartibga oid savollariga atroflicha javob qaytardi.

— Ushbu tizimni yo‘lga qo‘yishdan maqsad nima? Mobil qurilma foydalanuvchilariga qanchalik ahamiyati bor?

— Mazkur yangi tartib to‘liq yo‘lga qo‘yilgach, fuqarolar uchun qator afzalliklar tug‘iladi. Avvalo, mamlakat hududiga noqonuniy tarzda kirib kelayotgan mobil aloqa vositalari savdosiga chek qo‘yiladi. Ikkinchidan, foydalanuvchilarning shaxsiy telefonini yo‘qotish yoki o‘g‘irlatish holatlari ancha kamayib, kelgusida o‘g‘irlangan aloqa vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish hamda fosh qilish birmuncha osonlashadi.

IIV bergan ma'lumotga asosan, oxirgi uch yil davomida sodir etilgan qonunbuzarlik yohud o‘g‘irlik holatining har uchinchisida mobil telefonning yo‘qotilishi yoki uni zarar ko‘rishi bilan bog‘liq faktlar mavjud.

Uchinchidan, respublikamizga sifatsiz mobil qurilmalarni noqonuniy yo‘l bilan kirib kelishi bartaraf etilsa, foydalanuvchilar salomatligiga zarar yetish va aloqa xizmatlarining sifati tushishi kabi muammolar kuzatilmaydi.

To‘rtinchidan, xaridorlar uchun aloqa vositasini sotib olish paytida uning maqomini tekshirishga, mahsulot sifati kafolatliligini bilib olishga imkon yaratiladi. Beshinchidan, kontrabanda va kontrafakt abonent qurilmalarining noqonuniy savdosini cheklash hisobiga O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida sog‘lom raqobat muhiti rivojlanadi.

— Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni necha bosqichda amalga oshiriladi?

— Mobil qurilmalar IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni uch bosqichda o‘tkaziladi: