Olimlar turli davlatlarning uzoq umr köruvçi insonlari ratsionini örganib, ularning uzoq umr körişi va foydali mahsulotlar iste'mol qilişi örtasidagi qonuniyatni aniqlaşdi. Bu haqda “Argumenty i fakty” naşri xabar berdi.
Parhezşunos Mariyat Muxinaning sözlaşiça, gap antioksidantlar – DNKni barbod qiluvçi va hujayralar ölişiga kömak beruvçi erkin radikallarga qarşi kuraşuvçi moddalarga ega oziq-ovqat mahsulotlari haqida bormoqda.
Tarkibida antioksidantlarning köpligi böyiça kök çoy yetakçilik qiladi. U siydik haydovçi vosita va moddalar almaşinuvi katalizatori hisoblanadi. Muxinaning aytişiça, çoyni har kuni içiş foydalidir. Keyingi örinlarni xurmo va çakanda (oblepixa) egallamoqda. Xurmo tarkibida 23 ta aminokislota, jumladan triptofan moddasi bor bölib, u ruhiyatni barqarorlaştirib, kayfiyatni yaxşilaydi. Çakandada katta miqdorda A vitamini bor bölib, u keksayişni sekinlaştiradi va organizmning immun jarayonlarida iştirok etadi.
Keyingi örinlarni ösimtalarga qarşi faolikka ega moddalar – antosianga ega çernika va likopin moddasi evaziga organizmni me'yoridan köp ovqat yeyiş va vazn töplaşdan qutqaruvçi pomidor egallagan. Parhezşunos umrni uzaytiruvçi mahsulotlar qatoriga sut-qatiq mahsulotlarini ham kiritgan. Ular tarkibiga foydali aminokislotalar, vitaminlar va kalsiy kiradi.













