23 sentabr kuni paradzyudo böyiça IBSA Toşkent-2019 Gran-pri turniri birinçi kungi bahslari bölib ötdi. Unda iştirok etgan özbekistonlik paradzyudoçilar 2 ta oltin 1 ta kumuş medalini qölga kiritdi.
-60 kg vaznda erkaklar bellaşuvida özbekistonlik Şerzod Namozov finalda ruminiyalik sportçiga yutqazib qöydi va kumuş medalga ega böldi.

-52 kgda ayollar bellaşuvida özbekistonlik Sevinç Salayeva bronza uçun bahsda yutqazdi.
Erkaklar örtasidagi -66 kg vaznli polvonlar bahslarida özbekistonlik Quranbayev Uçqun finalda ozarboyjonlik raqibini yengib Gran-pri oltin medalini qölga kiritdi.

-57 kg vaznli ayollar bellaşuvida özbekistonlik Samandarova Parvina ozarboyjonlik Sevda Valiyeva bilan finalda turnir ğolibligi uçun kuraşdi. Unda Parvina oğrituvçi usul qöllab raqibasini mağlub etdi va Gran-pri ğolibasiga aylandi.

24 sentabr musobaqaning ikkinçi kungi bahslari ötkaziladi. Unda erkaklar -81, -90, -100 va +100 kg; ayollar -63, -70, +70 kg vaznda tatamiga tuşadilar.









