Paradzyudo böyiça Özbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi 20−23 aprel kunlari Turkiyaning Antaliya şahrida bölib ötgan Jahon kubogida yettita medalni qölga kiritdi. Paralimpiya qömitasi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.

Özbekistonlik sportçilar Jahon kubogida bitta oltin, beşta kumuş va bitta bronza medaliga sazovor bölişdi.

Erkaklar örtasida bölib ötgan bahslarda Rio-2016 Paralimpiya öyinlari ğolibi Şerzod Namozov (-60 kg) oltin medal, Şirin Şaripov (+100 kg), Feruz Sayidov (-73 kg), Nurbek Mirzayev (-81 kg) kumuş medal va Ötkir Niğmatov (-66 kg) bronza medal sohiblariga aylanişdi.

Feruzaxon Yusupova (+70 kg) finalda Janubiy Koreya vakili Park Xayongga imkoniyatni boy berib, musobaqa vitse-çempioniga aylandi. Sevinç Salayeva (-52 kg)  ozarbayjonlik Sevda Valiyevadan mağlubiyatga uçrab, bronza medali bilan çeklandi. Erkaklar va ayollar örtasidagi jamoaviy bahslarda jamoalarimiz ikkinçi örinni egallaşdi.

Ta'kidlaş joizki, mazkur nufuzli musobaqada 35 davlatdan dunyoning eng kuçli 224 nafar paralimpiya sportçisi iştirok etişdi.