Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining hududiy tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oşirildi. 

Ruslan Turganboyev

Vazirlik saytida e'lon qilingan xabarga köra, podpolkovnik Ruslan Sultonmurodoviç Turganboyev Qoraqalpoğiston Respublikasi Bözatov tumani Içki işlar bölimi boşliği lavozimini egalladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qoraqalpoğiston Respublikasi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi raisi lavozimida işlab kelgan Mahmud Qaypanov qayta taşkil etilgan Bözatov tumani hokimi etib tayinlangandi.

Ma'lumot uçun: Bözatov tumani 2004 yili Kegeyli va Çimboy tumanlariga biriktirilgan edi.