14 sentabr kuni xalq deputatlari Bözatov tuman kengaşining birinçi sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Prezidentning 20—21 avgust kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrifi çoğida tumanni qayta taşkil etiş böyiça bir qator ahamiyatli vazifalar belgilab berildi. Davlat rahbarining çorvaçilikka ixtisoslaştirilgan tumanni qayta taşkil etiş böyiça taklifi aholi tomonidan xursandçilik bilan kutib oldi.
Bözatov tumani 2004 yili Kegeyli va Çimboy tumanlariga biriktirilgan edi. Endilikda tumanni qayta taşkil etiş orqali hududda mahalliy aholining ijtimoiy yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, hudud infratuzilmasini yölga qöyiş, çorvaçilikni, tadbirkorlikni rivojlantiriş imkoniyatlari yaratilmoqda. Ötgan qisqa vaqt içida tumanini qayta taşkil etiş böyiça Oliy Majlis Senati hamda Qonunçilik palatasining roziligi olindi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining maxsus qarori qabul qilindi. Bugungi kunda 4 ta sektor faoliyatini yölga qöyiş, tibbiyot, maktabgaça ta'lim, xalq ta'limi, madaniyat, sport, quriliş, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarning tuman bölimlarini tuziş böyiça işlar olib borildi.
Jumladan, tumanni kompleks rivojlantiriş maqsadida taşkil etilgan işçi guruh tomonidan aholiga tabiiy gaz yetkazib beriş uçun yangidan avtomatlaştirilgan gaz taqsimlaş stansiyasini quriş, «Aspantay» va «Yerkindarya» kanallarini rekonstruksiyalaş hamda nasos agregatlarini örnatiş, tuman markazini obodonlaştiriş, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy ob'ektlarni quriş singari bir qator ahamiyatli dasturlar işlab çiqilmoqda.
Sessiyada taşkiliy masala körib çiqildi. Şu paytgaça Qoraqalpoğiston Respublikasi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi raisi lavozimida işlab kelgan Qaypanov Maxmud Tengeloviç Bözatov tumani hokimi etib tayinlandi.













