Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 24 sentabr kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari ma'lum bo‘ldi.
Mol go‘shti (lahm go‘shtidan tashqari) 32 000 so‘mdan 55 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da qayd etilgan (32 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (55 000 so‘m).
Qo‘y go‘shti 35 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha (kg)
Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (35 000) so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (60 000) so‘mdan kuzatildi.
Kartoshka 1 200 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)
Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (1 200 so‘mdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (4 000 so‘m) qayd etildi.
Piyoz 1 000 so‘mdan 3 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori»da (1 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Namangan shahrining «Namangan Chorsu dehqon universal bozori», Urganch shahri «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (3 000 so‘m).
Sabzi 1 500 so‘mdan 5 500 so‘mgacha (kg)
Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Farg‘ona shahri «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori»da (1 500) so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (5 500) so‘mdan kuzatildi.







