Demak, qöşilgan qiymat soliğini (QQS) 20 foizdan 15 foizgaça pasaytiriş haqidagi qaror qabul qilindi. Nega prezident va hukumat bunday dadil va şubhasiz ijobiy qadam taşlaganini tuşunib oliş uçun, uni alohida bir tadbir sifatida emas, balki şu yilning 1 yanvaridan boşlangan soliq islohoti kontekstida körib çiqiş lozim.
Soliq islohoti biznesga soliq va ma'muriy yuklamani pasaytiriş, xususiy tadbirkorlikning rivojlanişi va legalizatsiyasi uçun zarur bölgan şaroitni yaratiş masqadida mamlakatning soliq tizimini töliğiça qayta qurişni közlagan.
Islohotlarning ilk bosqiçining asosiy yutuqlari quyidagilar böldi:
- Mehnatni soliqqa tortişning tubdan qisqarişi. Bu nodavlat korxonalari uçun hal bölgan muammo: ular va ularning işçilari bugun iş haqidan atigi 2ta soliqni 12 foizdan tölaşmoqda. 2020 yil 1 yanvardan boşlab davlat korxonalari ham şu tizimga ötadi.
- Mehnatning ijtimoiy taqsimotini va QQS zanjirining şakllanişini öldiradigan aylanmadan (oborotdan) olinadigan soliqlar sohasi ta'sirining keskin qisqarişi. Boşqariş oson bölişiga qaramay, aylanmadan olinadigan soliqlar (yagona soliq tölovi), Davlatning maqsadli jamğarmalariga (DMJ) ajratmalar bitta qiymatni köp marta soliqqa tortilişi tufayli, QQS uzun zanjirini şakllantirişga tösqinlik qiladi. Bu esa Özbekiston iqtisodiyotini dunyo iqtisodiyotining xomaşyo bazasiga aylantirib qöyadi. Aylanmadan olinadigan soliqning örnini QQS egalladi. Bu vazifani bajariş uçun juda köp işlar qilindi: DMJga ajratmalar bekor qilindi (aylanmadan 3,2 foiz), QQS tölovçilar soni yil boşidan 41 mingtaga oşdi (7 mingdan 48 minggaça), demak, yagona soliq tölovçilar soni ham pasaydi.
- Soliqqa tortişning umumiy tizimidagi korxonalarga soliq yuklamasining keskin pasayişi. Avval buning oğirligini kötarolmagan korxonalar soliqqa trtişning soddalaştirilgan tizimiga ötişga majbur bölişar yoki «soya»ga ötib olişardi. Bunda DMJga majburiy ajratmalar bekor qilindi, yagona ijtimoiy tölov, yuridik şaxslarning foyda soliği va mulk soliği stavkalari pasaytirildi.
Biroq, ba'zi muammolar hal qilinmasdan qoldi:
- Köplab sohalarda soliqqa tortişning umumiy va soddalaştirilgan tizimi orasidagi soliq yuklamalaridagi farq juda yuqoriligiça qolmoqda. Bu farq korxonalarni rivojlanişdan tösmoqda, öz daromadlarini yaşirişga, yiriklaşişdan qoçişga, bu bilan soddalaştirilgan tizimda qolişga majburlamoqda. Umumiy tizimga ötgan korxonalarning bir qismi soddalaştirilgan tizimda boşqa korxonalar bilan teng bölmagan şaroitda qolişdi. Menimça bu soliq islohotlarining bugungi kundagi asosiy muammosidir.










