Hamkorlik böyiça Özbekiston-Xitoy hukumatlararo qömitasining 5-yiğilişi natijalari böyiça erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş rejasi qabul qilindi.
2019 yil aprelda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoyga rasmiy taşrif buyurib, “Bir makon, bir yöl” Ikkinçi xalqaro forumida iştirok etgandi. 27-29 avgst kunlari qömitaning 5-yiğilişi bölib ötgan. Uning yakunlariga köra, kelişuvlar, memorandumlar va umumiy qiymati 4,342 mlrd dollarlik şartnomalar imzolandi. Savdo-iqtisodiy, investitsiya, bank-moliya, transport-kommunikatsiya va boşqa sohalarda loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Şu munosabat bilan Özbekiston hukumati erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça amaliy tadbirlar rejasini tasdiqladi. Unda körsatilgan mas'ul ijroçilar har bir loyiha böyiça tarmoq jadvallarini işlab çiqib tasdiqlaşi, ularni öz vaqtida va sifatli bajarişi hamda hisobot berişi lozim.
Yirik loyihalar orasida Özbekiston hududlarida “Xavfsiz şahar” tizimini joriy etiş böyiça hamkorlik bor. Uning doirasida Xitoy tomonidan 1 mlrd dollarlik kelişuv imzolangan. Uşbu tizim jamoat xavfsizligi va tartibini ta'minlaş uçun möljallangan dasturiy majmua hisoblanadi. Toşkentda tizimni 2020 yilning oxirgi çoragida foydalanişga kiritiş rejalaştirilgan. Tizimning butun mamlakat böylab montaj qilinişi va işga tuşirilişi 2021 yil dekabrigaça davom etadi.












