Uy-joylar va xonadonlar toki fuqarolar nomiga notarial tartibda rasmiylaştirilgunga qadar «Özşahar quriliş invest» IK MÇJning mulki hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, hududiy komissiyalar tomonidan uy-joylarga biriktirilgan fuqarolarning köpçiligi yuqoridagi imtiyozdan foydalangan holda uy-joylarni öz nomlariga rasmiylaştirib olişdi.
Ammo, turli sabablarga köra, uy-joylarni öz nomlariga rasmiylaştirişga ulgurmagan fuqarolar özlariga biriktirilgan xonadonlarni 2020 yil 1 iyulga qadar öz nomiga notarial tartibda rasmiylaştirib, ipoteka krediti yoki töliq öz yonidan tölaş orqali xonadon qiymati "Özşahar quriliş invest" IKga tölab berilmasa, uy-joylar narxiga 15 foiz qöşilgan qiymat soliği qöşiladi.
Masalan, 1 m2 örtaça 3 980 000 sömlik uy-joylarda narx qöşilgan qiymat soliği bilan 4 577 000 sömni (QQS 597 000 söm) taşkil qiladi. (Uşbu misol Toşkent şahrida 1 ta qurilgan 7 qavatli uylar misolida keltirilgan bölib, viloyatlar böyiça ularga taqdim qilingan narxlarga mutanosib ravişda özgaradi).
Yuqoridagilardan kelib çiqqan holda, uy-joylarga biriktirilgan fuqarolardan uy-joylar narxlari QQS qöşilişi hisobiga keskin oşib ketişining oldini oliş uçun joriy yilning iyun oyi 15 sanasiga qadar xonadonlarni öz nomlariga notarial tartibda rasmiylaştirişlari söraladi.
P.S.: Uşbu talab uy-joylarni öz nomlariga notarial tartibda rasmiylaştirib, ipoteka kreditlari ajratilgan fuqarolarga taalluqli emas.












