«Davlat rahbarining 2016 yil 22 noyabrdagi «2017-2020 yillarda şaharlarda arzon köp qavatli uylarni quriş va rekonstruksiya qiliş dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-2660 va 2017 yil 23 oktyabrdagi «2017-2020 yillarda şaharlarda arzon köp kvartirali uylarni quriş va rekonstruksiya qiliş dasturini samarali amalga oşiriş borasidagi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-3350 Qarorlari ijrosini ta'minlaş maqsadida hududlarda  ehtiyojmand oilalar uçun köp kvartirali arzon uylar qurib foydalanişga topşirilmoqda.

Bugun «Özşahar quriliş invest» injiniring kompaniyasi tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston şahrida bunyod etilgan 10ta 7 qavatli zamonaviy turarjoylar öz egalariga topşirildi», deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Jami 420ta xonadondan iborat arzon uylar şahar hokimligi tomonidan biriktirilgan ehtiyojmand oilalarga 20 yillik imtiyozli kredit asosida berildi. 

«Tantanali tadbirda oğir turmuş şaroitida yaşovçi, nogironligi bor hamda boquvçisini yöqotgan xonadon sohiblariga yangi uylarning kalitlari topşirildi. Sözga çiqqan nuroniylar bugungi yangilaniş va bölayotgan islohotlarga şukronalik aytişdi. Qurilişga faollik körsatgan barça quruvçilarni ulkan muvaffaqiyat bilan muborakbod etdi. Yangi xonadonlarning sohiblari ulkan quvonç va köz yoşlar ila xursandçiliklarini ifoda etişdi.

Şu örinda ta'kidlaş joizki, 2017 yilda «Özşahar quriliş inves» injiniring kompaniyasi tomonidan 2017 yilda Guliston şahrida 5ta 5 qavatli 225 xonadonli uylar qurib foydalanişga topşirilgan. 2018 yilgi dastur böyiça zamonaviy loyihalar asosida Guliston şahrida 8ta 5 qavatli 360 xonadonli, viloyatning Yangiyer şahrida esa 2ta 5 qavatli 90 xonadonli uylar qurib foydalanişga topşirilgan.