Adliya vazirligi tomonidan “Adliya tadbirkorga döst” loyihasi amalga oşirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida “Tadbirkorni homiylikka majburlama!” şiori ostida tadbirkorlarni noqonuniy homiylik işlariga jalb qilişga qarşi aksiya e'lon qilindi. 

Vazirlik xabarida qayd etilişiça, uşbu aksiya oktabr oyi davomida ötkaziladi.

Aksiya doirasida ijtimoiy tarmoqlar orqali hamda hududiy adliya organlari tomonidan respublikaning barça hududlarida sörovlar ötkaziş, şuningdek, noqonuniy homiylikning barça körinişlariga qarşi zarur çora-tadbirlarni köriş rejalaştirilgan.

Şuningdek, uşbu Aksiya orqali tadbirkorlik sub'yektlarini homiylik va xayriya yordami körsatiş işlariga majburiy jalb qiliş, ularga nisbatan ma'muriy va boşqa çoralarni qöllaş tahdidi ostida yiğilişlar va boşqa tadbirlarni ötkaziş holatlarini aniqlaş böyiça sörovlar ötkaziladi.

Sörovnomada anonim ravişda yoki şaxsni körsatgan holda iştirok etiş mumkin. Şaxsini körsatgan iştirokçilarning tadbirkorlik huquqlarini tiklaş yuzasidan zarur çoralar köriladi.

Sörovnomada quyidagi havola orqali iştirok etiş mumkin: http://bit.ly/2lSYnc5

Bundan taşqari, mazkur holatlarga barham beriş maqsadida tadbirkorlarning noqonuniy homiylikka jalb qilişning har qanday körinişi yuzasidan @tadbirkor_adliyabot yoki 1008 raqamiga murojaat qiliş mumkin.

Tadbirkorlik sub'yektlarini homiylikka va boşqa tadbirlarga majburiy jalb etiş uçun Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 241-4-moddasida hamda Jinoyat kodeksi 192-4-moddasida javobgarlik belgilangan.