Jamiyat | 12:18 / 30.09.2019
7862
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

LUKOYL bilan xavfsiz ishlab chiqarish va ekologiya

Qandim gazni qayta ishlash majmuasi

Xavfsiz ishlab chiqarish va inson salomatligi, qulay tabiiy muhitni saqlash kabi masalalar «LUKOYL-O‘zbekiston» uchun strategik jihatdan muhim va ustuvor hisoblanadi.

«LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» kompaniyasida favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini mahalliylashtirish va bartaraf etishga qaratilgan tayyorgarlik tizimi, yong‘in ogohlantirish signallari va xodimlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini amalga oshirish ta'minlangan.

LUKOYL sanoat xavfsizligi, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari bilan yaqin hamkorlik qiladi.

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan birgalikda Qandim gazni qayta ishlash majmuasida (QGQIM) texnogen va tabiiy favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi tadbirlarini o‘tkazishga tayyorligini tekshirish, odamlarning xavfsizligini ta'minlash, neft va gazni qayta ishlash bilan bog‘liq xavfli texnologiyalar va ishlab chiqarish xavflarini kamaytirish bo‘yicha taktik-maxsus mashqlarni (TMM) o‘tkazish ushbu yo‘nalishdagi ishlarning yaqqol namunasi bo‘ldi.

TMM davomida ishlarga jalb qilinmagan xodimlarni evakuatsiya qilish va texnogen favqulodda vaziyatining oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor shtabning harakatlari ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, zavoddagi texnologik qurilmada shartli yong‘inni bartaraf etish va zaharli gaz ta'sirida shartli ravishda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalar ishlab chiqildi. Xodimlarni evakuatsiya qilish avtoulovlarni vaqtincha turar joy markazida qo‘riqchilar, yong‘inga qarshi vositalar va tez yordam avtomobillari hamrohligida tashkillashtirilgan avtotransport karvoni tarkibida amalga oshirildi.

Qandim gazni qayta ishlash majmuasida o‘tkazilgan taktik-maxsus mashqlar

Mashg‘ulotlar natijalarini umumlashtirganda tezkor shtabning harakatlari va QGQIM avariya-qutqaruv bo‘linmalarining tayyorgarligi yuqori baholandi.

«LUKOYL-O‘zbekiston» faoliyati davomida respublikada ekologik oqibatlarga olib keladigan noxush hodisalarga yo‘l qo‘ymagani alohida e'tiborga loyiqdir. Kompaniya haqli ravishda xavfsiz ishlab chiqarish namunasi xisoblanib, erishilgan yutuqlari uchun bir necha bor davlat nazorat organlarining sertifikatlari bilan taqdirlangan. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Ekologik harakatining «Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi yutuqlari uchun» faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. Shu bilan birga kompaniya vijdonli mehnati, yuqori professionalligi va ishlab chiqarish obektlarining sanoat va yong‘in xavfsizligini ta'minlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspeksiyasi tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.

LUKOYL «Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida yuqori professionallik va shaxsiy hissasi uchun» Buxoro viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Sanoat xavfsizligi siyosatining talablari va standartlariga so‘zsiz rioya qilish LUKOYL kompaniyasiga O‘zbekistonning neft va gaz sanoatida sanoat va ekologik xavfsizlik sohasida yetakchi o‘rinni egallashga, shuningdek sheriklar va pudratchi kompaniyalarning darajasini oshirishga imkon beradi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid