O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan qutlov yo‘llagan davlat va hukumat boshliqlari, xorijiy siyosat va jamoat arboblari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda barcha vatandoshlarga chuqur minnatdorlik izhor etdi.

Prezident ushbu tabrik va tilaklarni O‘zbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi, Yangi O‘zbekistonning dunyo miqyosida ortib borayotgan obro‘-e’tibori va nufuzining e’tirofi sifatida qabul qilishini bildirdi.

“Fursatdan foydalanib, bag‘rikeng va oliyjanob xalqimizga yana bir bor chin dildan o‘zimning cheksiz mehrim va hurmatimni bildiraman.

Jonajon Vatanimizda erkin va farovon, obod hayot qurishga qaratilgan islohotlarimizni qo‘llab-quvvatlab, ularda faol ishtirok etayotgan ko‘pmillatli xalqimizning aql-zakovati va fidokorona mehnati bilan oldimizga qo‘ygan yuksak va sharafli maqsadlarga albatta erishamiz, deb ishonaman”, deyiladi prezidentning minnatdorlik maktubida.

Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni 69 yoshga to‘ldi. O‘zbekiston prezidentini qator xorijiy davlatlar, hukumatlar, parlamentlar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar rahbarlari, jamoat arboblari qutladilar.