Maşhur sport şarhlovçisi Xayrulla Hamidov bugundan «UzReport TV» telekanalida iş boşlaydi. Bu haqida mazkur telekanal  ham, şarhlovçining özi ham, ijtimoiy tarmoqlarda rasman e'lon qilişdi.

Şarhlovçi «UzReport TV» va «Futbol TV» kanallarida Yevropa Çempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi, Angliya Premer Ligasi, Italiya A Seriyasi, hamda Ispaniya La Ligasi öyinlarini şarhlab boradi. 

Xayrulla Hamidov 2006 yillargaça «Sport TV» kanalida faoliyat yuritgan, keyin 10 yillik tanaffusdan söng, yana uşbu telekanalga qaytib, şarhlovçilik faoliyatini davom ettirayotgandi. Xayrulla Hamidov bilan boğlanib, ba'zi savollarni berdik. 

— Sizning ayniqsa, mualliflik körsatuvlaringizga örganib qolganmiz. Eski iş joyingizdagi «Futbol plyus», «FIFA», «Şedevr» loyihalari muxlislar orasida ança e'tibor qozongan. «Futbol TV»da jonli şarhlardan taşqari, sizdan mana şunday körsatuvlar kutişimiz ham mumkinmi?

— Albatta, bu işlar ham böladi. Faqat avval şarhlar orqali biroz könikma hosil qilgaç, mualliflik körsatuvlari haqida ham öylab köriş rejalarimda bor.

— Internetda va radioda nom qozongan «Futbol plyus» loyihasi nima böladi? Unga vaqt topa olasizmi?

— Bu loyihalar radioda ham, «yutub»da ham davom etadi. Yangi iş joyimdagi kelişuvimda ham men bu şartlarimni aytdim va ular rozi bölişdi. 

— Terma jamoa öyinlarini sizning şarhingizda körişga örganib qolgandik. Endi boş jamoamiz öyinlarida ovozingizni eşitmaymizmi?

— Yöq. Nimanidir qölga kiritiş, doim nimanidir yöqotiş bilan böladi. Terma jamoa yigitlariga omad tilaşdan boşqa ilojim yöq endi. 

Xayrulla Hamidovning «UzReport TV»dagi debyuti bugun bölib ötadi. Şarhlovçi soat 23:55da Angliya çempionati doirasidagi «Mançester Yunayted» – «Arsenal» öyinini uşbu kanalda jonli şarhlab boradi.