2019 yilning 28 sentabr kuni Birlaşgan millatlar taşkilotining Nyu-York şahridagi qarorgohida Özbekistonning doimiy vakili Baxtiyor Ibrohimov BMT Boş assambleyasining 74-sessiyasi Umumiy munozaralar yalpi majlisida raislik qildi.
4 iyun kuni BMT Boş assambleyasi 73-sessiyasida Özbekiston ilk bor sessiya raisi örinbosari lavozimiga saylangan va mazkur vazifada 74-sessiya yakunlanadigan 2020 yilning sentabr oyigaça faoliyat yuritadi.
Özbekistonning BMT Boş assambleyasining 74-sessiyasi raisi örinbosari lavozimiga saylanişi mamlakatning turli sohalardagi, jumladan Boş assambleya tomonidan Markaziy Osiyo böyiça hamda ma'rifat va diniy bağrikenglik böyiça tarixiy qarorlar qabul qilinişi, BMT şafeligida Orolböyi uçun köpşeriklikdagi Trast fond taşkil qilinişi böyiça sa'y-harakatlarining xalqaro miqyosda tan olinişidan darak beradi, deyiladi TIV xabarida.








