28 sentabr kuni Toshkentning eng serqatnov ko‘chalaridan birida «Idea» maishiy texnika va elektronika tarmog‘ining birinchi do‘konining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 600 kvadrat metrdan ortiq maydonni egallagan do‘konda uy va xonadonlar, ish va dam olish uchun mashhur savdo brendlari tomonidan ishlab chiqilgan maishiy texnika va elektronika mahsulotlari joy olgan. 

Bu voqelik mehmonlarni faqatgina mahsulotlarni bayramona bonuslar bilan xarid qilish va sovg‘alarga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etish bilangina emas, ulkan unutilmas taassurotlarni hadya qildi. Tashkilotchilar, raqqoslar chiqishi va quvnoq musiqa jo‘rligida brendning ko‘plab yutuqli o‘yinlar va sovg‘alar taqdim etilgan ulkan ochilish marosimi taqdimotini o‘tkazdi. Albatta, ramziy qizil tasmani tantanali kesishsiz ochilish marosimini tasavvur qilish mushkul. Biroq, tashkilotchilar bunga ham ijodkorlik bilan yondashishdi. ON so‘zlari bitilgan qizil tugmachani bosish do‘kon eshiklari ochilishiga sabab bo‘ldi. Bu bilan «Idea» jamoasi, shubhasiz, ular texnikalar haqida barcha narsadan ham ko‘proq bilishlarini namoyish qilishdi. 

 

«Idea» - bu nafaqat navbatdaggi maishiy texnika va elektronika do‘koni emas, u birinchi navbatda xaridorlarga mahsulotlarni ortiqcha ovoragarchiliksiz muddatli to‘lov asosida sotib olish imkonini berishga mo‘ljallangan do‘kondir. Chunki, bu yerda bank orqali muddatli to‘lovni rasmiylashtirishni ortiqcha tashvishlar va hujjatlarsiz amalga oshirish va istagan mahsulotni sanoqli daqiqalarda xarid qilish mumkin. Do‘konning asosiy konsepsiyasi «bir hujjat, bir narx, bir Idea» qoidasiga asoslanadi. Eng yangi bank mahsulotlar, xususan, muddatli to‘lov kartochkalarini taqdim etishga tayyor bo‘lgan mahalliy banklar bilan qalin hamkorlik ishlari olib borilyapti. Bugungi kunda do‘konda boshlang‘ich to‘lovsiz 6 va 9 oyga muddatli to‘lovni rasmiylashtirish mumkin. Qisqa muddatda 12 oyga (0-0-12) rasmiylashtirish boshlanadi.