Prezident Şavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni AQŞ prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi.
Özbekiston – AQŞ strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
AQŞ Davlat kotibi Marko Rubioning Özbekistonga bölajak taşrifi, “S5+1” formatidagi vazirlar uçraşuvi hamda Özbekiston – Amerika işbilarmonlik va investitsiya kengaşining ikkinçi yiğilişiga tayyorgarlik köriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bölajak tadbirlarni mazmunan boyitiş, yangi taşabbuslarni işlab çiqiş va ustuvor yönalişlarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş muhimligi bildirildi.
Qisqa vaqt içida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, investitsiyalarni jalb etiş va qöşma işbilarmonlik taşabbuslarini ilgari surişning samarali mexanizmiga aylangan işbilarmonlik kengaşining ahamiyati ortib borayotgani alohida taʼkidlandi.
Ikki mamlakat yetakçilari iştirokida ötkaziladigan bölajak xalqaro tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almaşildi.












