Afğonistonning 59 yoşli boş vaziri Abdulloh Abdulloh Kobulda ötgan matbuot anjumanda öz ştabi ma'lumotlariga köra u prezident saylovlarida yetakçilik qilayotganini ma'lum qildi. Abdullohning asosiy raqibi amaldagi prezident Aşraf Ğani hisoblanadi.    

“Bizda köpçilik ovoz. Natijalar Mustaqil saylov komissiyasi tomonidan e'lon qilinadi, biroq bizda köpçilik. Ikkinçi tur bölmaydi”, deb aytgan Abdulloh va jamoasi yangi hukumatni şakllantirişni boşlab yuborganini qöşimça qilgan. Abdullohning ta'kidlaşiça, ba'zi amaldorlar saylov jarayoniga qonunga zid ravişda aralaşgan.

“Nomzodlarning birortasi özini ğolib deb e'lon qila olmaydi”, deb Abdullohning bayonotiga munosabat bildirgan saylov komissiyasi vakili Habib Rahmon Nang. 

Afğonistonda prezident saylovlari 28 sentyabrda bölib ötdi. Birinçi turdayoq ğolib böliş uçun biror nomzod saylovçilarning 50 foizdan köproq ovozini töplaşi lozim. Saylov komissiyasi prezident saylovlarining dastlabki natijalarini 19 oktyabrda, yakuniy natijalarini esa 7 noyabrda e'lon qilmoqçi. Agar nomzodlardan birortasi 50 foizdan köproq ovoz töplay olmasa, unda 23 noyabrda ikkinçi tur bölib ötadi.

Saylovlarda 15 nomzod iştirok etgan. Ularda mamlakatning 9,6 mln fuqarosi ovoz berişi mumkin bölgan.  

Abdulloh saylovlarda uçinçi marta iştirok etdi. U 2009 va 2014 yillardagi saylovlarda mağlub bölgan, ammo öşanda ham saylovlardan keyinoq özini ğolib deb e'lon qilgan. 2014 yilda saylovlar natijalarining e'lon qilinişi bir neça oyga çözilib ketgan, söngra ikkinçi tur bölib ötgan va unda Aşraf Ğani ğolib bölgan. Biroq Abdulloh ovozlarning qayta hisoblanişini talab qilgan. Bir neça hafta davom etgan tortişuvdan keyin Abdulloh va Ğani hokimiyatni bölişib olişga kelişgan: Ğani prezident bölgan, Abdulloh esa boş vazir lavozimini egallagan.