Xitoyda 17 yil yaşirinib yurgan jinoyatçi kiçik ğorda topildi. Bu haqda BBC News naşri xabar berdi.
Sun Tszyan ismli jinoyatçi ayollar va bolalarni sotişda aybdor deb topilib, Yunnan viloyatidagi qamoqxonaga jönatilgan. Biroq u 2002 yilda turmadan qoçişga muvaffaq bölgan. Politsiya uzoq vaqt uning iziga tuşa olmagan, biroq joriy sentabr boşida uning ehtimoliy örni haqida ma'lumot olgan.
Politsiyaga ma'lum bölişiça, jinoyatçi özi yaşagan şahardan uzoq bölmagan toğda yaşirinib yurgan. Dastlab qoçoqni izlaş muvaffaqiyat keltirmagan. Biroq keyin politsiya dron qöllaşga qaror qilib, jinoyatçini topişga muvaffaq bölgan.


Aniqlanişiça, jinoyatçi şu uzoq yillar davomida kiçik ğorda yaşirinib yurgan. Politsiyaning ma'lum qilişiça, u şunçalik köp vaqt yolğizlik bölganki, sözlaşişni unutib yuborgan. Bundan taşqari, u yillab yuvinmay yurgan. Qoçoq turmaga jazo muddatini ötaş uçun jönatilgan.








