Namanganda kelajak avlod ongida elektr energiyasiga bölgan munosabatni şakllantiriş va tejamkorlik ğoyalarini singdiriş yangiça uslubda yölga qöyilmoqda. Tumandagi elektr ta'minoti korxonasi vakillari bu borada özgaça taşabbus bilan çiqişdi.

“Namangan hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi oçiq aksiyadorlik jamiyatining barça rahbar va bölim boşliqlari hamda tuman va şahar elektr ta'minoti korxona boşliqlari 1 oktabr -Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tuman va şahar maktablarida 30 sentabr kuni ”Elektr energiya tejamkorligi- kelajak uçun imkoniyat” mavzusida dars ötdilar

Darslarda sönggi yillarda respublikamizda sanoat tarmoqlarida “yaşil iqtisodiyot” tizimini joriy qiliş, ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oşiriş va qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişni kengaytiriş, innovatsion taraqqiyotni jadallaştiriş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş böyiça amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Mamlakatimizda energiya samaradorligi va energiyaning qayta tiklanuvçi manbalarini rivojlantiriş masalalari böyiça keltirilgan innovatsion ğoyalar öquvçilarda sohaga bölgan qiziqişni oşirdi.


Muxtasar aytganda, bu kabi taşabbuslar mamlakatimiz yoşlarining elektr energiyasi tejamkorligi haqidagi tuşunçalarini kengaytirib, aholini elektr quvvati bilan ta'minlaş borasidagi işlarni yangi bosqiçga kötarişga xizmat qilişi şubhasiz.











