1 oktyabrda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining (YeXHT) OAV erkinligi masalalari böyiça vakili Arlem Dezir Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida bir yil avval öldirilgan jurnalist Jamol Qoşiqçi xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

“Uşbu kun, Jamol Qoşiqçi öldirilişining bir yilligida yaqindagina, jumladan YeXHT mintaqasida öldirilgan boşqa barça jurnalistlarni ham yodga olmoqdamiz. Dunyo böylab jurnalistlarga qarşi zöravonlikning yoyilişi demokratik qadriyatlarimizga tahdiddir ", degan Dezir.

Qoşiqçi AQŞning Washington Post naşrida şarhlovçi sifatida işlagan va 2017 yildan AQŞda yaşagan. 2018 yil 2 oktabr kuni u Saudiya Arabistonining Istanbuldagi boş konsulligiga hujjatlarni rasmiylaştirgani kirgaç bedarak yöqolgan. Saudiya Arabistoni davlat ommaviy axborot vositalari 20 oktyabrga ötar keçasi Qoşiqçi tirik emasligini, uning ölimiga konsullik xodimlari bilan janjallaşib qolgani olib kelgani haqidagi xabarni tarqatgan.

Istanbul prokuraturasi Qoşiqçining öldirilişi qasddan amalga oşirilgani, uning jasadi u konsullikda böğib öldirilgandan keyin yöq qilinganini ta'kidlagan. Turkiya Saudiya Arabistonidan jinoyatçilarni ekstraditsiya qilişni va jurnalist jasadi qayerda ekanligini ma'lum qilişni talab qilib kelmoqda.

Saudiya Arabistoni boş prokuraturasi bayonotiga köra, Qoşiqçining öldirilişi işi böyiça 21 kişi hibsga olingan. Qotillikning beş nafar bevosita iştirokçisi uçun prokuratura ölim jazosini talab qilgan. Arab ommaviy axborot vositalari Saudiya Arabistoni hukumatining xatti-harakatlarini tanqid qilgan Qoşiqçini öldiriş haqidagi buyruq podşohlik taxtiga nomzod - valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon tomonidan berilgan bölişi mumkinligi haqidagi taxminni ilgari surgan. Biroq Saudiya Arabistoni taşqi işlar vazirligi valiahd şahzodaning uşbu jinoyatga heç qanday aloqasi yöqligi haqida bir neça marotaba ta'kidlagan.

Avvalroq valiahd şahzoda jurnalist uning navbatçiligi vaqtida öldirilgani sababli uning ölimi uçun javobgar ekanini tan olgandi.