Özbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengaşi tomonidan soğliqni saqlaş tizimidagi mavjud muammo va kamçiliklar, aholi duç kelayotgan tösiqlarni örganiş maqsadida hududlar kesimida mitinglar taşkil qiliş belgilangan.
Ana şunday tadbirlardan biri joriy yilning 30 sentabr kuni Özbekiston “Adolat” SDP Toşkent viloyati Kengaşi tomonidan Bekobod şahar “Metallurglar” madaniyat saroyi oldidagi maydonda “Bizga töliq aqlli tibbiyot kerak” mavzusida ötkazildi.
Yangiça uslubda ötkazilgan tarğibot tadbirida madaniy-köngiloçar aksiyalar uyuştirildi. Uşbu tadbirni ötkazişdan avval OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi xabardor etilgani iştirokçilar sonini keskin oşirib yubordi. Şu bois tadbirda yoş-u keksalar hamda boşqa viloyatlardagi partiya a'zolari ham iştirok etdi.

Tadbir avvalida yangragan karnay-surnay navolari, körgazmali qöl jangi namoyişlari, partiya tomonidan taşkil etilgan aksiyalar madaniyat saroyi maydoniga kelgan minglab turli yoş va millatga mansub vatandoşlarimizda özgaça taassurot qoldirdi. Iştirokçilar partiyaning tarğibot materiallari, şiorlariga katta qiziqiş bildirdi. Yurtdoşlarimiz partiya vakillari bilan muloqotda özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişdi.



Ayniqsa, taniqli san'atkorlar “Adolat” SDP ğoya va maqsadlarini aholi ongiga singdiriş maqsadida aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, yoş avlodni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularni turli yot ğoyalar, giyohvandlik, içkilikbozlik kabi illatlardan asraş, yoşlarda ijtimoiy-siyosiy islohotlarga daxldorlik tuyğusini yuksaltiriş ruhidagi çiqişlari yiğilganlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.

















