Siz har kuni işga borasiz va öz vazifangizni vijdonan töliq ado etasiz, ammo maoşingiz kötarilmaydi, mansab pillapoyalaridan ildamlaş ham negadir ortga surilmoqda. Balki hamma gap kognitiv tuzoqlardadir — mulohaza yuritişdagi vaziyatni adekvat baholaşga va işonçli qarorlar qabul qilişga xalaqit beruvçi xatoliklar. Aynan qaysi yanglişliklar sizning faoliyatingizga tösqinlik qilayotgani va ularni töğrilaşga oid fikrlar bilan örtoqlaşamiz.
1. Harakatsizlikni notöğri baholaş
XX asrning 90-yillari boşida olimlar qiziqarli tajriba ötkazişdi. Iştirokçilar özlarini bemor taqdirini hal qiluvçi şifokor sifatida tasavvur qilişlari kerak edi. Ular oldida tanlov bor: 15 foiz holatda ölimga olib boruvçi davolaş kursini taşkil etiş yoki heç qanday muolaja buyurmaslik, ammo bunda bemor hayotdan köz yumiş ehtimoli 20 foiz.
Olimlarning fikriça, bunda öylab köradigan narsaning özi yöq — davolaşni tanlaş kerak edi. Aynan şu holat bemorning hayotda qoliş imkoniyatini bir munça oşiradi. Ammo tadqiqot qatnaşçilarining 13 foiz qismi boşqaça fikrda edilar va harakatsizlikni ma'qul körişdi: ularning nazdida inson ölimiga javobgarlik hissi bu tanlovda kamroq böladi. Şuningdek, taxminiy bemorning muolajalar natijasida ölişi xavfi qança baland bölsa, «şifokor»lardagi heç narsa qilmaslik tanlovi şunça ortgan.
Uşbu kognitiv tuzoq ham şunday ataladi: harakatsizlikka notöğri baho beriş. U sababli biz javobgarlik oliş va qaror qabul qilişdan qörqamiz, heç narsa qilmaslikni tanlab tavakkal qilamiz.
Urinib köriş va nimanidir özgartirişga harakat qilişdan köra qimirlamay harakatsizlikni davom ettiriş bizga işonçli va xavfsizroqdek tuyiladi.
Emlaşlarga qarşi insonlar bunday xatti-harakatning klassik körinişi hisoblanişadi. Ota-onalar orasida vaksinatsiyaning ikkinçi darajali ta'sirlaridan xavotirga tuşiş va öz bolalarini har qanday emlatişdan voz keçuvçi insonlar uçrab turadi.
Biroq harakatsizlikka notöğri baho beriş faqatgina salomatlikka boğliq muammo emas. U işda ham paydo bölişi mumkin. Masalan, biz qiyin loyihani olişga yoki qandaydir yangi va nostandart ğoya berişga ikkilanamiz, buning örniga burçakka mixlanib «komfort»da qolişni tanlaymiz. Demakki, özimizni karera ösişidan va puldan mosuvo qilamiz.
Yana bir öxşaş yanglişlik mavjud: status-kvoga (hozirgi yoki oldingi holat) nisbatan yon beriş, ya'ni bu holatda kelajakda sodir bölişi mumkin tanaffuslar va qiyinçiliklardan köra hozirgi vaziyat yaxşiroq va işonçliroq tuyiladi.











