Prezidentning “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlaş va ularning böş vaqtlarini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Talabalar bandligini ta’minlaş va böş vaqtini samarali taşkil etiş asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:
- oliy ta’lim muassasasida mavjud infratuzilmalardan, şu jumladan, öquv binolar, sport inşootlari, madaniyat saroylari, talabalar turar joylari, öquv-xöjalik maydonlaridan talabalar uçun iş örinlarini yaratişda foydalaniş;
- oliy ta’lim muassasasida mavjud böş iş örinlariga (öquv yordamçi va texnik lavozimlar, kabinet mudiri, arxiv mudiri, kompyuter zali mudiri, uslubçi, laborant kabilarga) talabalarni işga qabul qilişda ustuvorlik beriş;
- talabalarni kasbiy rivojlantiriş, iş beruvçiga özini taqdim etişga tayyorlaşga qaratilgan yangi boşqaruv mexanizmlarini joriy etiş;
- talabalarni haq tölanadigan jamoat işlariga, respublika miqyosidagi röyxatga olişlar, sotsiologik tadqiqotlar, sörovlar va xatlovlarni ötkaziş işlariga jalb qiliş;
- oliy ta’lim muassasalari talabalarining rasmiy mehnat faoliyatini olib borişlarini qöllab-quvvatlaş hamda örnatilgan çeklovlarni yengillaştiriş yoki töliq olib taşlaş;
- munosib iş örinlarini taklif etişga qaratilgan elektron platforma yaratiş;
- magistratura, klinik ordinatura bosqiçi birinçi kursidan boşlab töliq stavkagaça mehnat faoliyatini amalga oşirişiga ruxsat beriş;
- talabalar bandligini ta’minlaşni oliy ta’lim muassasalari asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilaş.
Talabalar bandligini ta’minlaşni muvofiqlaştiriş maqsadida respublika oliy ta’lim muassasalarida Marketing va talabalar amaliyoti bölimlari negizida keng tarmoqli “Karera markazlari” taşkil etiladi.
Markazlar asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
- öqişdan böş vaqtlarida mehnat faoliyatini olib boriş istagini bildirgan talabalar rasmiy bandligini ta’minlaş çoralarini köriş;
- oliy ta’lim muassasasi ixtisosligidan kelib çiqib, iş beruvçilar bazasini şakllantiriş va onlayn platforma bilan integratsiyasini ta’minlaş;
- karera kunlarini muntazam ravişda taşkil etiş, korxonalarga rasmiy taşriflar uyuştiriş, muvaffaqiyatga erişgan biznes va davlat xizmati vakillari bilan mahorat darslarini taşkil etiş;











