23 sentabr kuni soat 12larda Xorazm viloyat içki işlar organlari tomonidan huquqbuzarlik sodir qilgan M.Radjapov, uning yaqin qarindoşlari hamda Facebook ijtimoiy tarmoğida «Şabnam Olloşukurova» nomli guruh blogeri Nafosat Olloşukurovalarga nisbatan ma'muriy iş qözğatilgan, deb ma'lum qildi Boş prokuratura.

Urganç şahar ma'muriy sudining 23 sentabr kungi qaroriga asosan N.Olloşukurovaga nisbatan MJtKning 183, 194, 195 va 202 moddalari bilan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

26 sentabr kuni ma'muriy qamoq jazosini ötayotgan N.Olloşukurova ruhiyatida özgarişlar sezilganligi uçun tez tibbiy yordam çaqirtirilib, psixiatrning tavsiyasi bilan u viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanserida körikdan ötkaziş uçun olib ketilgan.

Viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseri tomonidan fuqarolik işlari böyiça Urganç tumanlararo sudiga murojaat qilinib, N.Olloşukurova ruhiyatida özgarişlar sodir bölayotganligi, unda «ruhiy kasalsimon sindrom, paranoyal sindrom» kasalligi alomatlari kuzatilganligi, özi yoki atrofdagilar uçun bevosita xavf tuğdirişi, noçorligi, asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravişda qondirişga layoqatsizligi sababli, psixiatriya muassasasiga joylaştiriş söralgan.

Fuqarolik işlari böyiça Urganç tumanlararo sudining 30 sentyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan, N.Olloşukurova ğayriixtiyoriy tartibda Xorazm viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseriga yuborilgan.    

Hozirda N.Olloşukurova Xorazm viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanserida davolanmoqda.