AQŞning Garvard universiteti olimlari guruhi xom, ya'ni termik işlovdan ötmagan sabzavotlar içakka qanday ta'sir qilişini aniqlaşdi. Olimlarning xulosalari Nature Microbiology naşrida keltirilgan.

Olimlar öz tadqiqotlari davomida termik işlov qilinmagan sabzavotlar ovqat hazm qilişga bir qator salbiy ta'sirlarga egaligini aniqlaşdi. Bunday sabzavotlar ovqat hazm qilişga va immunitetni mustahkamlaşga yordam beruvçi foydali bakteriyalarni yöq qilar ekan.

Olimlar öz tadqiqotlarini laboratoriya siçqonlarida ötkazişgan. Siçqonlar har biri öz ratsioniga ega bölgan 4 guruhga bölingan. Dastlabki ikkita guruhda siçqonlar xom göşt va şirin kartoşka yegan. 3- va 4-guruh siçqonlariga şu mahsulotlar qaynatilgan, qovurilgan yoki dimlangan holda berilgan.

Tajriba natijalariga köra, turli usulda tayyorlangan sabzavotlar bilan oziqalangan siçqonlarda mikroflora kuçli farq qilgan, çunki xom mahsulotlar içakdagi foydali bakteriyalarni öldirgan, termik işlov berilganlari esa, aksinça, ovqat hazm qilişga yordam bergan.

Söngra olimlar şu tajribani odamlarda ötkazişgan. Bunda ham xom sabzavotlar ta'siri siçqonlardagi kabi bölgan.

Olimlar bundan xom sabzavotlar içakdagi foydali bakteriyalarni öldirişi, termik işlanganlari esa aks ta'sirga ega bölib, içak mikroflorasiga ijobiy ta'sir qilişi haqidagi xulosaga kelişgan.

Avvalroq inson organizmi ğoz, ördak, qöy va çöçqa göştini qiyinroq özlaştirişi, biroq köp narsa göştni tayyorlaş va uni iste'mol qiliş çastotasiga boğliqligi ma'lum qilingandi. Aniqlanişiça, sabzavotlar bilan iste'mol qilingan göşt yaxşi hazm qilinadi, kabobda esa tutun zarralari va kanserogen moddalar böladi.