Stress holatida ba'zi odamlarni qorin oğriği bezovta qiladi, yana birovning tomoğidan heç nima ötmaydi. Reaksiyalar turliça, şunday ekan, "Layfxaker" ekspert - gastroenterolog Anna Yurkeviçning bu boradagi fikrlariga qiziqdi.
Stress nima? Kim uçundir bu - metroda harakatlaniş, yana birov uçun - samolyotda parvoz qiliş. Har qanday holatda ham vegetativ asab tizimi ta'siri ostida oşqozon-içak trakti jabrlanadi.
Vegetativ asab tizimi içki organlar faoliyati uçun javob beradi, u avtonom va doimiy ravişda işlaydi. Biz fikr kuçi orqali içaklar, oşqozon va boşqa organlar faoliyatiga ta'sir ötkaza olmaymiz. Şuning uçun xohlaymizmi-yöqmi, xavotirlarga javoban stress gormonlari (masalan, adrenalin) işlab çiqariladi.
Uning ta'siri ostida oşqozon-içak trakti muşaklari böşaşadi, motorika sekinlaşadi, sfinkterlar qisqaradi. Stressdan keyin öng qovurğa ostida oğriq paydo bölişi sabablaridan biri ham şunda.
Hazm qiliş tizimiga keladigan bölsak, stress vaqtida gormonlar ta'siri ostida "ur yoki qoç" rejimi yoqiladi. Qonning asosiy oqimi yurak, miya, muşaklarga boradi (har ehtimolga qarşi qoçişga ulguriş yoki qarşilik körsatiş uçun). Bunday holatda oşqozon-içak traktiga kerakli miqdordagi qon yetib kelmaydi, şunday ekan, ovqat hazm qiliş jarayoni ham sekinlaşadi.

















