Qirğizistondagi ZIL toğ-çanği kurorti hududida Çingiz Aytmatov, Vladimir Lenin va Vladimir Putinning bronza haykallari örnatildi.

Kurort poytaxt Bişkek şahridan 35 km masofada joylaşgan. Hozir yangi haykallar örnatilgan joyda obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda.

24.kg agentligi xabariga köra, Putinning haykali yoniga minnatdorçilik izhori bitilgan toşlavha qöyilişi ham rejada bor.

Kaktus.media'ning qayd etişiça, köplab qirğizistonliklar Putin monumenti uçun joy yaxşi tanlanmaganini aytmoqda. Boisi haykal hojatxonaga yaqin joyga örnatilgan.

Ma'lumot uçun, 2018 yil may oyida Rossiyaning Qozoğistonga çegaradoş Qörğon oblastida «Vatanga xizmat» yodgorligi oçilgan.

Dastlab yodgorlik markazida Vladimir Putinning monumenti örnatilgan, ammo yodgorlik oçilişiga 2 kun qolganda monument olib qöyilgan. Öşanda Rossiya davlat dumasi deputati Aleksandr Iltyakovning taşabbusi bilan qilingan loyiha prezident administratsiyasining qarşiligi bilan çala qolgan edi.