3-5 oktabr kunlari Pyonçang şahrida World Culture Open xalqaro taşkiloti va Pyonçang (Janubiy Koreya) hukumati tomonidan «Better Together Challenge 2019» festivali bölib ötdi.
Bu butun dunyodagi ijtimoiy innovatorlar, ijodkorlar, faollar va idealistlarni ilhomlantiruvçi, fikr almaşiş maqsadida birlaştiruvçi global festival sanaladi. Festivalda 60 mamlakatdan 500 nafar ixlosmand iştirok etdilar.
Festival doirasida 2018 yilgi Qişki olimpiya öyinlari şaharçasini «Tinçlik va barqarorlik taraqqiyot şaharçasi»ga aylantirişning taklif va ğoyalari tanlovi bölib ötdi.

Tanlovning asosiy mavzusi «Tinçlik va barqarorlik şaharçasi» bölişining sababi, 2018 yilgi Qişki Olimpiya öyinlarining oçiliş marosimidagi voqea bölib, unda ikki Koreyaning (Şimoliy va Janubiy) 200 dan ortiq delegatlari Koreya yarimorolining birlaşiş bayroği ostida töplanişgan edi.
Festivalda iştirok etiş uçun barça soha vakillari, nafaqat arxitektor va dizaynerlar, balki ijtimoiy innovatorlar, tinçlikparvarlar va boşqalar taklif etildi.

Özbekistonlik iqtidorli arxitektorlardan biri Taxmina Turdialiyeva Koreya yarimoroliga bağişlangan «Garden of Unification» ğoyaviy dizaynini taqdim etgan holda 2-örinni egalladi. Uşbu birlaşuv boği ekologik tadqiqotlar laboratoriyasini, içki xotirjamlik va meditatsiya maşqlari uçun moslaşgan maydonçalarini öz içiga oladi.
Taxmina Turdialiyeva 2018 yilda «Turkistan Architecs award» xalqaro tanlovi ğolibi bölgan va Özbekiston va Örta Osiyoning iste'dodli arxitektorlaridan biri deb tan olingan.

U Toşkent arxitektora-quriliş institutining iqtidorli talabasi sifatida «Prezident stipendianti» (2012), Respublika dizayn Olimpiadasi ğolibi (2012) dir. Şu bilan birga, şaxmat böyiça FIDe Xalqaro toifadagi hakami hamda World Peace Initiative xalqaro taşkilotining a'zosi hisoblanadi. Hozirgi kunda Xitoyda «Cube Design Architecs» xalqaro arxitektura kompaniyasida arxitektor sifatida iş yuritadi, şuningdek, «Buyuk kelajak» eksperti sanaladi.











