Avvalroq “Human xususiy bandlik agentligi” MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganligi ma'lum qilingandi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Tergov departamenti tomonidan jinoyat işining yangi tafsilotlari oşkor qilindi.

Aniqlanişiça, “Human xususiy bandlik agentligi” MÇJ mansabdor şaxslari 2018 yil noyabr oyidan 2019 yil sentyabriga qadar Özbekiston Respublikasi fuqarolarini Germaniya, Çexiya, Yaponiya, Turkiya, Bolgariya va Litva davlatlariga yuborib, işga joylaştirişni va'da qilib, har bir fuqarodan taklif etilgan iş turidan kelib çiqib, 11.500.000 sömdan 35.000.000 sömgaça bölgan pul mablağlarini jamiyatning bankdagi hisob raqamiga ötkaziş orqali qölga kiritib, şu kunga qadar ularni işga joylaştiriş çoralarini körmasdan, fuqarolarning 20 milliard sömdan ziyodroq juda köp miqdordagi pullarini firibgarlik yöli bilan egallab olişgan.
Mazkur jinoyat işida “Human xususiy bandlik agentligi” MÇJ rahbari Ş.Fayzullayev JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayblanuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilinib, ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.

Jamiyatning Yakkasaroy tumanida joylaşgan binosida ötkazilgan tintuv tergov harakati davomida işga aloqador bölgan buyum va hujjatlar olingan.
Şuningdek, MÇJ mansabdor şaxslari tomonidan jinoiy yöl bilan topilgan pullarga harid qilingan Toşkent şahrida joylaşgan 4 ta va Toşkent viloyatining Zangiota tumanida joylaşgan 1 ta xonadonlar, bir dona “KIA” rusumli yukmaşinasi, bir dona “LACETTI-GENTRA” rusumli va bir dona “COBALT” rusumli avtomaşinalar hamda 6.000 AQŞ dollar miqdoridagi pullar olinib, aşyoviy dalil deb e'tirof etilgan va ular kelgusida jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni qoplaşga qaratiladi.
Hozirda jamiyatning moliyaviy faoliyatini örganiş yuzasidan hujjatli taftişlar ötkazilmoqda.













